Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar muammolari o‘rganilmoqda
12:21 / 2023-07-29

Buxoroda o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Oybek Hamroyev, viloyat hokimining o‘rinbosari Rizo Asadov, tijorat banklari mutasaddilari, shahar va tumanlardan kelgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari qatnashdi.

Tadbirda tadbirkorlar faoliyatida yuzaga kelgan muammolar bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri mas’ullarga murojaat qildi. Ko‘tarilgan har bir masala viloyat mutasaddi idoralari vakillari ishtirokida atroflicha muhokama etildi. Ularning talab va ehtiyojlariga javob beradigan maqsadli yechimlar ishlab chiqildi.

Ochiq muloqot davomida 100 nafardan ortiq tadbirkorlarning muammoli masalalari tinglandi. Murojaatlar asosan tijorat banklaridan olingan kreditlar muddatini uzaytirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlashtirish, xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirishga imtiyozli kredit ajratish, ruxsatnoma olish bilan bog‘liq masalalar, yer maydonlarini auksionga chiqarish va toifasini o‘zgartirish kabi yo‘nalishlarda bo‘ldi.

Muloqot davomida ko‘tarilgan aksariyat individual masalalar joyida hal etildi. Uchrashuvda ko‘tarilgan tizimli masalalar va ular yechimi bo‘yicha aniq takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish bo‘yicha respublika Shtabiga hamda tegishli yo‘nalishdagi ekspert guruhlariga kiritib borish belgilandi.

Muloqot yakunida tadbirkorlarning murojaatlari yuzasidan mas’ul rahbarlarga masalalarni hal etish bo‘yicha aniq muddat va amalga oshirish mexanizmlari ko‘rsatilgan amaliy chora-tadbirlar dasturini shakllantirish topshirildi.

Ma’lumot uchun ochiq muloqot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 17 iyuldagi “O‘zbekiston 2023 yilda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash hamda viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirishda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish va hal etish, xususan, ularning qonuniy talablarini amaliy ro‘yobga chiqarish maqsadida tashkil etildi.

Zarif Komilov, O‘zA