Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazida malaka oshirish kurslari boshlandi
15:48 / 2022-01-17

2022 yil 17 yanvardan boshlab qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida o‘z biznesini boshlash niyatidagi tadbirkorlar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi huzurida tashkil etilgan “Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazida o‘z malakalari va ko‘nikmalarini oshirishlari mumkin.

10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, jami 72 soatga mo‘ljallangan kurslar, modullarga ajratilgan holda chuqur malaka va ko‘nikmaga ega, fan nomzodlari, fan doktorlari, professorlar tomonidan olib boriladi. 

O‘quv kurslari “Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazi auditoriyalarida yoki bevosita sizning tashkilotingiz bazasida o‘tkazilishi mumkin.

O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga o‘rnatilgan tartibda sertifikat beriladi.

Talabgor tinglovchilar ro‘yxati shakllantirilmoqda. 

Shoshiling! Qabul muddati tugashiga oz fursat qoldi. 

Murojaat uchun: 

Telefon: 945766900, 335769595, 8977278784 

Elektron pochta: info@uzqmliti.uzq.m.liti2017@mail.ru 

 

Malaka oshirish kurslari

 

T/r

Malaka oshirish kursining yo‘nalishi

Davomiyligi (kun)

Sanasi

1

Devorbop qurilish materiallari ishlshab chiqarish texnologiyalari

12

1 oyda 
2 marotaba

2

Pardozbop qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyalari

12

1 oyda 
2 marotaba

3

Pol qoplamalari ishlab chiqarish texnologiyalari

12

1 oyda 
2 marotaba

4

Issiqlik saqlovchi qurilish materiallari ishlab chiqarish

12

1 oyda 
2 marotaba

5

Sement ishlab chiqarish texnologiyasi

12

1 oyda 
2 marotaba

Eslatma: Korxona va tashkilotlar talabidan kelib chiqib mashg‘ulotlar onlayn shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.

 

Reklama huquqi asosida