Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil muammoni hal qildi
16:15 / 2019-11-13

Unda tadbirkorning 79,3 million so‘mlik puli tijorat banklaridan undirib berildi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Jizzaxda sayyor qabul o‘tkazdi. Unda tadbirkorning 79,3 million so‘mlik puli tijorat banklaridan undirib berildi.

“Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirishdagi muammolardan biri hududdagi bankdan ajratilgan kredit berilishining paysalga solinishidir. Aksariyat hollarda mahalliy hokimiyat organlarining topshirig‘i bilan ta’minotchi tashkilot oilaviy tadbirkorga uskuna va tovarlarni oldindan yetkazib beradi, ammo tegishli bank shartnomadagi kredit mablag‘ini vaqtida chiqarmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘tkazgan sayyor qabulda G‘allaorol tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi “Texnika Lyuks” xususiy korxonasi rahbari L.Burxonov ushbu muammo bilan murojaat qildi. U joriy yilning may-iyun oylarida bank bilan kredit oluvchi fuqarolar o‘rtasidagi shartnomalarga asoslanib, 15 nafar oilaviy tadbirkorga o‘z mablag‘i hisobidan tikuv mashinalari yetkazib bergan.

Biroq xususiy korxona oilaviy tadbirkorlarga yetkazib bergan tikuv mashinalari uchun bir qator tijorat banklaridan umumiy 79,3 million so‘mlik kredit mablag‘ini ololmay kelayotgan edi. Sayyor qabul davomida bu masala o‘rganib chiqilib, ushbu mablag‘lar banklar tomonidan xususiy tadbirkorga to‘liq to‘landi.

Shuningdek, murojaatni o‘rganish davomida yana bir tijorat banki tomonidan oilaviy tadbirkor S.Burlievaga berilgan tikuv mashinalariga hatto kredit mablag‘i ham ajratilmagani aniqlanib, bu muammo ham hal etildi. Oilaviy tadbirkorga 30 million so‘mlik kredit mablag‘i ajratilib, pul ta’minotchining hisobraqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.