French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar huquqlari doim himoyada
15:56 / 2025-06-20

Prezident huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni Toshkent shahar sho‘’basi xodimlari tomonidan seminar tashkil etildi.

Seminarda  Prezidentning “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon talablari va mazmun-mohiyati borasida ma’lumot berildi.  

Shuningdek, «Xavfni tahlil qilish» elektron tizimida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, o‘rta va yuqori darajalarga tasniflanishi bo‘yicha tushuntirildi.

Biznes-ombudsman tomonidan har yili 1 fevralga qadar tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatidagi tekshiruvlarning qonuniyligi va o‘rnatilgan tartibda o‘tkazilgani qayd etildi. Shu bilan birga, tadbirkorlik sub’ektlarining shikoyatlari, tekshiruv huquqiga ega mansabdor shaxslarning attestatsiya natijalari kabi ko‘rsatkichlar asosida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini baholab, «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ularning reytingini e’lon qilib borish to‘g‘risida tushuncha berildi. Nazorat qiluvchi organlar rahbarlari mas’uliyatini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borishi belgilangani aytildi.  

Sh.Mamaturopova,

O‘zA