Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar faoliyatini tekshirish soʻnggi favqulodda chora sifatida qoʻllaniladi
12:26 / 2020-01-24

Avval xabar qilinganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi davom etmoqda.


Avval xabar qilinganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi davom etmoqda.

Murojaatnomada Prezident xususiy tadbirkorlarning soliq tashkilotlari tomonidan tekshiruvlari soʻnggi chora sifatida qoʻllanishi lozimligi borasida koʻrsatma berdi.

“Avval tadbirkorlarni tekshirishni cheklagan edik. Ikki yillik monitoring tugadi. Barcha soliq idorlari shuni qulogʻiga quyib olsinki, endi avvalgidek tekshiruvlar boʻlmaydi. Tadbirkorlar ustidan tekshirishni soʻnggi favqulodda chora sifatida qoʻllashi lozim. Biz tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash uchun barcha zarur masalalarni koʻryapmiz”, dedi prezident.