Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar faoliyati qo‘llab-quvvatlanmoqda
18:07 / 2025-04-11

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan joriy yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar va natijalar bo‘yicha navbatdagi brifing o‘tkazildi. Unda mutaxassislar tomonidan bu borada atroflicha axborot berildi.

Yil boshidan hozirgacha jami 3,3 trillion so‘mlik bojxona to‘lovlari hisoblanib, shundan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1,5 trillion so‘m imtiyozlar berildi va qolgan mablag‘lar davlat byudjetiga o‘tkazilishiga erishildi. Imtiyoz qo‘llanilgan asosiy tovarlar tarkibini transport vositalari va uning ehtiyot qismlari, texnologik asbob-uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda metall xomashyolar tashkil etadi. 

– Tovarlar eksport qilgan asosiy hamkorlar Turkiya, Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston, Afg‘oniston, Belgiya, Polsha davlatlardir – deydi Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Umarov. – Shu davrda jami 28 ming 88 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirildi. Bojxona yuk deklaratsiyalarini Xavfni boshqarish axborot tizimi bo‘yicha yo‘laklar kesimida tahlil qilinsa, deklaratsiyalarning 27,6 foizi “yashil yo‘lak”, 55,2 foizi “sariq yo‘lak” va 17,1 foizi “qizil yo‘lak” tartibida rasmiylashtirildi. Boshqarmada tadbirkorlarning 82,8 foiz yuklari soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirildi. Boshqarmada bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishini oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yish, kontrabandaga qarshi kurashish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. 

Huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda giyohvand vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurash yo‘nalishida 22 ta holatda 98,5 kilogramm giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bundan tashqari, tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida 929 ta holatda 27,7 milliard so‘mga teng tovarlar ushlab qolindi. 

“Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimini yanada keng qo‘llanilishini ta’minlash hamda eksport salohiyatini oshirish maqsadida yil boshidan Toshkent viloyati bojxona boshqarmasida ishchi guruh tashkil etilib, hududda joylashgan 117 ta tashkilotlarga borgan holda uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. 

A.Musayev,O‘zA