Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar e’tirof etildi
15:00 / 2025-08-19

Buxorolik o‘n nafar tadbirkorlar Prezidentimizning joriy yil 18 avgustda qabul qilingan “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi farmoyishiga ko‘ra yuksak mukofotga loyiq topildi.

Bugun Buxoro viloyatidan davlat mukofotlariga munosib ko‘rilgan ikki nafariga medallar, yetti nafar ishbilarmonga “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni tantanali tarzda topshirildi. 

Tadbirda Buxoro viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Botir Zaripov soha jonkuyarlarini yaqinlashib kelayotgan Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi va “20 avgust – Tadbirkorlar kuni” bilan tabrikladi va viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida xususiy tadbirkorlikning o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanligini ta’kidladi.

E’tirof etilganidek, so‘nggi yillarda tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash, qulay biznes muhitini shakllantirish mamlakat taraqqiyotining ustuvor mezonlaridan biriga aylanganligi bugun xalqimizning farovon turmushida o‘z ijobiy natijasini bermoqda. 

So‘nggi yillarviloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi  19,5 trillion so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich  71,5 trillion so‘mga yetdi. Shundan kichik biznesning ulushi 51,1 trillion so‘m ko‘rinishiga keldi.

Shu bilan birga, bugungi kunda viloyatda kichik biznesning ulushi sanoatda  41, chakana savdoda 91, xizmat ko‘rsatishda 68,4, qurilishda 42,5 hamda qishloq xo‘jaligida 96,4 foizni tashkil etmoqda. Viloyatda eksportning 100 foizi aynan tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

[gallery-24828]

O‘tgan davrda tadbirkorlik sub’ektlarining soni 13 ming 646  tadan 37 ming 608 taga yetib,  2,8 baravarga oshdi. Ular tomonidan 2017 yil yakuni bilan 20 ming 551 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lsa, 2024 yil yakunida bu ko‘rsatkich 30 ming 546 taga yetdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tadbirkorlar davlat rahbari tomonidan ko‘rsatilgan e’tibor, g‘amxo‘rlik va rag‘bat uchun minnatdorlik izhor etdi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.