Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda
17:47 / 2025-10-21

Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kichik biznes va xususiy sektorni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda turmush darajasini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Aynan shu maqsadda Samarqand viloyati Paxtachi tumani Sardoba mahallasida “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari I.Mamadjanov boshchiligida aholi va tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Prezidentimizning joriy yil 19 martda qabul qilingan “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar va tadbirkorlar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit ajratish hamda imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida 50 dan ortiq fuqarolar ishtirok etdi, ular tomonidan 30 dan ziyod taklif va murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat bo‘yicha mas’ullar belgilanib, muammolarni qisqa muddatda hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Bunday uchrashuvlar nafaqat tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, balki mahalliy aholi bandligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va joylarda iqtisodiy faollikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Natijada tuman miqyosida ichki bozor uchun sifatli mahsulot ishlab chiqarish, eksport salohiyatini oshirish va oilalar daromadini ko‘paytirish uchun mustahkam zamin yaratilmoqda.

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida