French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar bilan uchrashuvda muammolar hal etildi
13:21 / 2025-04-06

Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi tomonidan kichik va o‘rta biznesni yanada rivojlantirish, bu borada ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ochiq muloqotlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shu maqsadda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov tomonidan belgilangan jadval asosida hududlarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish rejalashtirilgan. Mana shunday uchrashuvlarning dastlabkisi Qarshi shahridagi korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasida tashkil etildi.  

Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlar faoliyatida duch kelayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda kichik va o‘rta biznesni yanada rivojlantirish, bu borada ushbu tarmoq vakillariga berilgan yengilliklar hamda soliq imtiyozlari, shuningdek, soliq organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotni oldini olish, norasmiy tadbirkorlik faoliyatini soyadan olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, tadbirkorlarga mavjud imtiyozlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.  

– Bizning jamiyat 2024 yilda tashkil etilgan bo‘lib, korxonamiz to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib keladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarimiz chet davlatga eksport qilinadi, – deydi Qarshi shahrida faoliyat olib borayotgan “Osmon guli” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi bosh hisobchisi Shahnoza Nazarova.

U o‘z murojaatida qo‘shilgan qiymat solig‘idan mavjud ortiqcha to‘lovni qaytarishda amaliy yordam so‘radi.  

Ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan muloqotda qulay investitsiya muhitini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish, ishchi o‘rinlarini yaratish hamda soliq qonunchiligi talablariga to‘liq amal qilish kabi masalalarda ham fikr yuritildi.

Muloqotda ishtirokchilarning soliq imtiyozlaridan foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, qo‘shilgan soliq to‘lovidan hosil bo‘lgan summani boshqa soliq turlariga o‘tkazish va qaytarish, tovarlarni raqamli markirovka qilish kabi 15 dan ortiq muammolari hal etildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri