Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
20:59 / 2025-09-09

Poytaxtimizda davlatimiz rahbarining «Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi yangi farmoni mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirish maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, joriy yil 1 apreldan chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklariga to‘langan QQSning 50 foizi qaytarib berilmoqda.

Tadbirda qayd etilishicha, joriy yil 1 sentyabr holatiga 63 ta tadbirkorga 2,3 milliard so‘m QQS qaytarib berilgan.

Bugungi kunda norasmiy iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligining ulushi 44,2 foizni tashkil etib, boshqa sohalarga nisbatan yuqoriligicha saqlanib qolmoqda.

Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev elektron hisobvaraq-fakturalar xavf darajasiga qarab avtomat tarzda tahlil qilinishini ta’kidladi.  

- Mamlakatimizda jami 1 oyda 3,5 milliondan ortiq fakturalar yaratiladi, - deydi Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev. - Shundan 350 mingtasini biz xavf darajasiga qarab baholab chiqamiz. Dastlabki bosqichda 10 foizini baholaymiz.

Eng xavfli fakturalarni qizil qilib ko‘rsatib qo‘yamiz. Agar soliq to‘lovchi uni qabul qilsa, unga QQS hisobga olinmaydi. Agar ushbu EHF bo‘yicha QQS summasi byudjetga to‘liq to‘langan bo‘lsa, faktura avtomat ravishda yashil holatga o‘tadi.

Tadbirda shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash soddalashtirilgani va bir qator imtiyozlar joriy etilgani borasida tadbirkorlarga ma’lumot berildi.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA