Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
16:24 / 2025-07-23

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i B.Muratov tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklidagi navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. Unda hududda faoliyat yuritayotgan yigirmadan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi. Tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish, bojxona yuk operatsiyalariga oid masalalarni mutaxassislar bilan atroflicha muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar asosida xorijdan xomashyo olib kirishda “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimining korxona iqtisodiyotiga keltiradigan ijobiy ta’siri, shuningdek, “Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” tartibining belgilangan qoidalari va ularning afzalliklari xususida atroflicha tushuntirishlar berildi.

– Eksportga mo‘ljallangan ip-kalava mahsulotlarini bojxona hududida yoki undan tashqarida qayta ishlash bo‘yicha murojaat qilgandim. Mutaxassislar savolimga O‘zbekiston Respublikasi Prezident tegishli  farmoni va Bojxona kodeksiga muvofiq, bunday mahsulotlarga nisbatan belgilangan bojxona yig‘imlari, imtiyozlar, preferensiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash choralarining transport tariflari, subsidiyalar va kompensatsiyalarning “reyeksport” rejimida ham to‘liq tatbiq etilishi bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tdi, – deydi “LEICHTER KAMALAK TEXTILIEN” MCHJ rahbari D. Bobojonov. 

Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlar uchun tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada qulay va samarali tashkil etish, mavjud qonunchilikdagi imkoniyatlardan keng foydalanish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni o‘z vaqtida bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.