French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
11:04 / 2025-09-29

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Numon Muhammadiyev, Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Akmal Ergashev, Biznes-ombudsman vakili Sardor Usmonov hamda Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi rahbari Bobur Umurzakov ishtirokida Jizzax shahrida ochiq muloqot – uchrashuv o‘tkazildi

Ushbu ochiq muloqotda Davlatimiz rahbari tomonidan 2025 yil 19 avgustda imzolangan “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni muloqotning asosiy mazmuniga aylandi.

Uchrashuvda hududda faoliyat yuritayotgan 60 dan ortiq tadbirkor o‘zining amaliy muammolari va takliflarini ochiq va erkin bayon etdi. Qonunchilikdagi kamchiliklar, moliyalashtirishdagi to‘siqlar, yer ajratishdagi muammolar borasidagi har bir murojaat mas’ullar tomonidan diqqat bilan eshitildi va ular ijrosi bo‘yicha tegishli idoralarga aniq topshiriqlar berildi.

Bu uchrashuv nafaqat muammolarni tahlil qilish, balki ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishda amaliy qadamlar tashlash uchun muhim manba bo‘ldi. Har bir tadbirkorning muammosiga qonun doirasida yechim topish, iqtisodiyotga yangi sur’at baxsh etishga yo‘naltirilgan choralar belgilandi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA