Jizzaxda davlatimiz rahbarining 2024 yil 30 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlashga doir yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari A.Mustanov so‘zga chiqib, tadbirkorlarning murojaatlari va takliflarini qabul qilish va umumlashtirish, tizimli muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, tadbirkorlarning alohida masalalarini joylarda tezkorlik bilan hal qilishni tashkil etish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari U.Pazilxanov – Palata tashabbusi bilan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan “Prezidentga takliflar” dasturi doirasida tashkil etilgan shtab ish faoliyati, vazifalari va mazkur shtabda tashkil etilgan “call-markazi” xizmatlari bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilariga atroflicha tushunchalar berdi.


Shuningdek, yig‘ilishda qaror ijrosini samarali tashkil etish uchun mas’ul bo‘lgan tegishli idoralar rahbar va vakillariga kerakli topshiriq va aniq vazifalar belgilab berildi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),
O‘zA muxbirlari