Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar bilan muloqot
12:27 / 2025-05-26

Buxoroda viloyat soliq boshqarmasi tomonidan Shofirkon tumanida kichik va o‘rta biznesni yanada rivojlantirish, bu borada ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Yuzma-yuz muloqotda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jamshid Nurullayev ishtirok etib, kichik va o‘rta biznesni yanada rivojlantirish, bu borada ushbu tarmoq vakillariga berilgan yengilliklar hamda soliq imtiyozlari, soliq organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, tadbirkorlarga mavjud imtiyozlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.

Tadbirkorlar tomonidan soliq hisobotlarini topshirish, soliq imtiyozlaridan foydalanish, tovarlarni raqamli markirovka qilish hamda QQS bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni qaytarishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘plab murojaatlar o‘rganildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.