Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Tadbirkorgar ko‘mak bersak...» nomli maqolasi yuzasidan RASMIY MUNOSABAT
12:16 / 2021-10-16

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Karimberdi To‘ramurodning 2021 yil

13 oktyabr kunidagi O‘zbekiston Milliy Axborot agentligining “UZA” sayti orqali «Tadbirkorga ko‘mak bersak...» nomli maqolasi yuzasidan

Ma’lumki, Buxoro tuman hokimligi tomonidan «Baxtiyor Fayz obod bog‘lari» fermer xo‘jaligi rahbari Doniyor Qudratovning ushbu mavzuda Internet jahon axborot tarmog‘i orqali qilgan chiqishlari yuzasidan bir necha bor rasmiy munosabat bildirilgan edi.

Shunga qaramasdan, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Karimberdi To‘ramurod tomonidan masalaning asl holatini o‘rganmasdan, fermer xo‘jaligi rahbari D.Qudratovning og‘zaki so‘zlaridan holatga bir tomonlama yondashilib, 2021 yil 13 oktyabr kunidagi O‘zbekiston Milliy Axborot agentligining “UZA” sayti orqali «Tadbirkorga ko‘mak bersak...» nomli maqolasi e’lon qilingan.

Vaholanki, hokimlik tomonidan fermer xo‘jaligi rahbari va blogerlarni hokimlik binosiga taklif qilingan holda mazkur investitsiya dasturi Davlat rahbari va Hukumatimiz tomonidan elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish hamda iqtisodiyot tarmoqlarini va aholini elektr resurslari bilan barqaror va sifatli ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotganligi bir necha bor tushuntirilishiga qaramasdan, mahalliy davlat hokimiyati, xususan tuman hokimini obro‘sizlantirishga qaratilgan to‘qima maqolalar bilan chiqishlar qilib kelinmoqda.

Xususan, yuqoridagi maqolada, «O‘z ishiga bosh vazir topshirig‘ini bajarayotganini pesh qilib olgan X.Jo‘rayev turk ishbilarmoniga «Gazini bosing, men javob beraman!» dedi, shekilli, qurilish ishlari bir lahzaga ham tinmadi.» degan ma’noda asoslantirilmagan yolg‘on ma’lumotlar tarqatilgan.

Shuningdek, maqola «X.Jo‘rayev esa, bu sud qarorini ham bir tiyinga olmadi, menimcha, turk ishbilarmoni bilan «Istanbul kabob» ustida qo‘l tashlashdi-yov, chunki qurilish ishlari to‘xtamadi.» kabi tuhmat va shaxsni obro‘sizlantirishga qaratilgan yolg‘on ma’lumotlar bilan davom ettirilgan.

Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish javobgarlikni keltirib chiqarishini ham yodda tutaylik.

O‘z navbatida, Davlatimiz rahbarining 2021 yil 4 mart kunidagi PQ 5018-son qarori bilan “Akşa Enerjı Üretım A.Ş.» (Turkiya Respublikasi) kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatida quvvati 240 MVT bo‘lgan va Buxoro viloyatida quvvati 270 MVT bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurilishi belgilangan bo‘lib, ushbu qarorda turk kompaniyasiga loyihani amalga oshirish uchun yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratish topshirig‘i berilgan.

Biroq, «Baxtiyor Fayz Obod bog‘lari» fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan hozirgi kunda fermer xo‘jaligi ixtiyorida bo‘lgan 4 gektar noqishloq xo‘jaligi yerida qurilish ishlarini 2 yildan buyon boshlamay kelishiga qaramasdan, turk investoriga elektr stansiyasi qurilishi uchun Prezident qarori asosida ajratilgan 6 gektar noqishloq yer maydonida qurilish ishlarini bajarishga turli yo‘llar bilan to‘sqinlik qilib kelmoqda.

Hokimlik bilan fermer xo‘jaligi o‘rtasida mazkur 6 gektar noqishoq xo‘jaligi bo‘lgan yer maydoni yuzasidan kelib chiqqan nizo yuzasidan sudlar tomonidan bir necha bor ko‘rib chiqilib, nizo hokimlik foydasiga hal etildi.

Shu bilan bir qatorda, fermer xo‘jaligi hozirda jami 84,65 gektar, shundan 66 gektar ekin va 16 gektar noqishloq yer maydonida o‘z tadbirkorlik faoliyatini to‘laqonli amalga oshirib kelmoqda.

 

Buxoro tumani hokimligi Matbuot xizmati