Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorga yordam, yoshlarga imkoniyat — adolat mezoni
15:50 / 2025-11-13

Adliya vazirligi ishchi guruhining Jizzax viloyatiga xizmat safari Zarbdor tumanidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotdan boshlandi. Bu safar nafaqat tahlil, balki jonli muloqot va amaliy yordam ruhida o‘tdi.

Yoshlar sanoat zonasida joylashgan “Biznesplast” MCHJ va “Manis” suv ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishuv jarayonida ishchi guruh tadbirkorlarning qo‘l mehnati va tashabbusi bilan yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari, mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishdagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Korxonalarda yaratilgan zamonaviy ish sharoitlari va innovatsion yondashuvlar tadbirkorlik salohiyatining tobora ortib borayotganidan darak berdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar uchun davlat tomonidan yaratilgan qulay muhit, soliq tizimidagi yangiliklar va davlat xizmatlaridagi yengilliklar atroflicha tushuntirildi. Eng muhimi, har bir tadbirkorning fikri eshitildi, muammolar o‘rganildi, huquqiy maslahatlar berildi. Bu muloqot orqali “adolatli davlat – tadbirkor qo‘lida” degan g‘oya yana bir bor amaliy ifodasini topdi.

Shu bilan birga, ishchi guruh tumandagi Navoiy nomli mahalladagi “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Huquqni qo‘llash amaliyotida yagona yondashuv va samarali hamkorlikka e’tibor qaratildi. Fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, profilaktika va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida aniq tavsiyalar berildi.

Mahalla binosi bilan tutash sport maktabida yosh sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. Bu dargohdagi harakat, intilish va g‘alaba ruhi har bir yoshning qalbida yuksak maqsadlarga intilish kuchini uyg‘otmoqda. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda sport maktabining roli katta ekani ta’kidlandi. Ushbu sport maktabining faoliyatini yanada jonlantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri