Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorga yer maydoni qaytarib berildi
21:02 / 2021-10-27

“Sharq” mas’uliyati cheklangan jamiyati (nomi o‘zgartirilgan) mulkiy huquqlari buzilganligidan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

Aniqlanishicha, Samarqand tumani hokimining qarori bilan “Sharq” MCHJga intensiv tokzorlar barpo etish uchun 104,6 gektar yer maydoni ajratib berilgan. Keyinchalik “Sharq” MCHJning faoliyatida tekshiruv o‘tkazilib, jamiyat mazkur yer maydonidan maqsadsiz va samarasiz foydalanib kelinganligi to‘g‘risida Kadastr agentligi va Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand viloyati boshqarmalari mutaxassislari tomonidan dalolatnoma tuzilgan.

Natijada yer maydoni mazkur dalolatnoma asosida hokim qarori bilan yer zaxira fondiga qaytarilgan.

Biznes-ombudsman axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tuzilgan dalolatnomada “Sharq” MCHJ rahbari ishtirok etgan, deb qayd etilgan bo‘lsada, dalolatnomada uning imzosi mavjud emasligi aniqlandi.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, mazkur tekshiruv Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan va Biznes-ombudsmanni xabardor etmasdan o‘tkazilgan. Biznes-ombudsmanning harakati natijasida tekshiruv o‘tkazgan mutaxassislar B.R. va S.U. ilgari tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish tartibini buzganliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortilganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Biznes-ombudsman tomonidan Oliy sudga kiritilgan kassatsiya shikoyati ko‘rib chiqilib, hokimning “Sharq” MCHJga tegishli yer maydonini yer zaxira fondiga qaytarish to‘g‘risidagi qarori haqiqiy emas deb topildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA