Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorga yana bir qulaylik
19:54 / 2022-09-07

Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, tadbirkorlik sub’ektlariga ma’muriy bosim darajasini aniqlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi joriy etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksini aniqlash ishlari “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi doirasida amalga oshiriladi.

“BUSINESS INDICATOR” “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi va tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksini baholash natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida e’lon qilib boriladi.

O‘zA