Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorga shartnoma bo‘yicha 669 million so‘m undirib beriladi
12:53 / 2022-09-16

Biznes-ombudsman tashkilotiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatuvchi MCHJ Ellikqal’a tumanidagi ta’lim muassasasidan shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni undirishda qiyinchiliklarga duch kelayotganini aytib murojaat qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, jamiyat va ta’lim muassasasi o‘rtasida ko‘rsatilgan ob’ektni joriy yil ta’mirlash to‘g‘risida shartnoma tuzilgan. Unga muvofiq jamiyat tomonidan belgilangan ishlar to‘liq bajarilganligiga qaramasdan, unga to‘lovlar amalga oshirilmagan.

Biznes-ombudsman tomonidan jamiyat manfaatida Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritilib, sudning hal qiluv qarori bilan Ellikqal’a tumanidagi ta’lim muassasasi hisobidan Jamiyat foydasiga 669 million so‘mlik qarzni undirish belgilandi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA