Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorga qarzdorlik to‘liq undirib berildi
18:34 / 2024-02-02

Mamlakatimizda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, ularga davlat organlari tomonidan adolatli va teng munosabatda bo‘lishni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay muhit yaratishda Biznes-ombudsmanning hissasi katta bo‘lmoqda.

Shunga ko‘ra, Biznes-ombudsmanga “D.T.B.S.” (nomi o‘zgartirilgan) MCHJ rahbarining MIB Chilonzor tuman bo‘limi xodimlarining harakatsizligi ustidan shikoyat arizasi kelib tushgan. 

Aniqlanishicha, jamiyat va qarzdor tashkilot o‘rtasida pudrat shartnomasi tuzilgan. Shartnoma shartlari jamiyat tomonidan o‘z vaqtida bajarilgan bo‘lib, bajarilgan ishlar uchun shartnomada qayd etilgan to‘lovlar amalga oshirilmaganligi sababli, jamiyat qarzdor “Hududgazta’minot” AJni iqtisodiy sudga bergan. 

Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yil 7 iyundagi hal qiluv qaroriga ko‘ra jamiyat foydasiga qarzdor “Hududgazta’minot” AJdan 50,4 million so‘m asosiy qarz va 10 million so‘m penya undirish belgilangan. 

2023 yil 10 iyulda ijro varaqasi asosida ijro ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsada, oradan qariyb yarim yil vaqt o‘tishiga qaramay, shu kunga qadar ijrosi ta’minlanmasdan kelgan. 

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunining 23-moddasiga asosan, davlat ijrochisi ijro hujjatini olgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Shuningdek, ushbu qonunning 30-moddasiga ko‘ra, ijro harakatlari va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining ixtiyoriy ijro etilishi uchun belgilangan muddat tugagan kundan e’tiboran ko‘pi bilan ikki oy muddat ichida sud ijrochisi tomonidan amalga oshirilishi va ijro etilishi kerak. Ammo tegishli sonli ijro varaqasi bugungi kunga qadar ijro etilmasdan kelgan. 

Vakil devoni xodimlarining qonuniy talablaridan so‘ng MIB xodimlari tomonidan jamiyatga qarzdor tashkilotdan qarzdorlik to‘liq undirilishi ta’minlandi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA