French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorga nisbatan tamagirlik qilganlar qo‘lga olindi
16:35 / 2025-12-28

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Soliq boshqarmasining 2 nafar bosh inspektori Nukus shahrida oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyatini tekshirish davomida, go‘yoki 213 mln so‘mlik soliq qonunchiligi buzilgani aniqlanganligini aytib, ushbu summani 34 mln so‘mgacha kamaytirib berish evaziga MCHJ rahbaridan 2 ming AQSH dollari talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, bosh inspektorlar tamagirlik yo‘li bilan 700 AQSH dollari va 15 mln so‘m pul mablag‘ini o‘rtada vositachilik qilgan sobiq soliq idorasi xodimi orqali olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan uchala shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.