Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorga belgilangan qariyb 240 million so‘mlik elektr to‘lovi asossiz deb topildi
11:33 / 2023-04-03

Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi «Sobir» MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) rahbari elektr ta’minoti korxonasi xodimlarining xatti-harakatidan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, G‘allaorol tuman va Jizzax shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan 2023 yil 16 fevral kuni «Sobir» MCHJga nisbatan hisoblagichdagi ko‘rsatkichlardan tashqari elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani va elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga 245 million so‘m zarar yetkazilgani haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan.  

Mazkur hujjatlar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining G‘allaorol tuman bo‘limiga chora ko‘rish uchun yuborilgan. Shu asosda 2023 yil 17 fevralda zararni 30 kunlik muddatda to‘lash, aks holda javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida xabarnoma berilgan.  

Tadbirkorning murojaatida keltirilgan vajlarning haqqoniyligi Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan «O‘zenergoinspeksiya» Jizzax hududiy bo‘limi mutaxassislari hamda Departamentning tuman bo‘limi xodimlari bilan birga o‘rganilgan.  

Natijada, dalolatnoma bo‘yicha elektr energiyasi tarmog‘iga noqonuniy ulangani qayd etilgan ortiqcha quvvat o‘z isbotini topmadi.  

Xususan, Elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlanib, dalolatnoma rasmiylashtirilgan bo‘lsada, qancha energiya sarflangani qayd etilmasdan jamiyat hududidagi yuqori quvvatli transformator kuchlanishi ko‘rsatilgan xolos.  

Qolaversa, o‘rganishda MCHJga qarashli asfalt ishlab chiqarish zavodi elektrga ulanmagani, bundan tashqari, 3 dona elektr dvigateli zanglagan holdaligi, zavodning ishlashi uchun zarur bo‘lgan gaz tarmog‘i tortilmagani aniqlandi.  

Shunga ko‘ra, jamiyat zimmasidagi qariyb 240 million so‘mlik zarar asossiz deb topildi. Haqiqiy zarar qiymati qayta hisob-kitob qilinib, 5 million so‘mni tashkil etishi haqida dalolatnoma tuzildi.  

O‘zA