Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorga asossiz hisoblangan soliq va penyalar bekor qilindi
14:54 / 2024-05-14

Ma’lumki, Biznes-ombudsman tadbirkorlarning ishonchli vakili bo‘lib, u 7 yillik faoliyati davomida tadbirkorlarning 39 mingdan ortiq murojaatlarini ko‘rib chiqdi. Bu davrda tadbirkorlar foydasiga 250 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarilishiga erishildi.

Shunga ko‘ra, Biznes-ombudsmanga Samarqand viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkor noturar mulki uchun asossiz hisoblangan soliq qarzdorligini bartaraf etishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.  

Aniqlanishicha, tadbirkorga nisbatan soliq hisoblanishi yuzasidan nizo Oliy sudda ko‘rib chiqilgan va sud qarori bilan jami 9 million so‘m soliq va 1 million so‘m penya undirilishi belgilanib, 90 million so‘mlik qismi qanoatlantirishdan rad etilgan.  

Biroq, ushbu noturar mulkni boshqa tadbirkor nomiga qayta rasmiylashtirish jarayonida noto‘g‘ri hisoblangan soliq summasi kamaytirilmasdan, mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha penya hisoblanib, soliq to‘lovlaridan jami 125 million so‘m qarzdorlik yuzaga kelgani aniqlangan.  

Mazkur masala vakil devoni xodimlarining yordamida hal qilinib, asossiz hisoblangan qarzdorlik va penyaning bekor qilinishi ta’minlandi.  

 

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA