Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorga 165 million so‘m to‘lab berildi
14:40 / 2022-07-13

Ma’lumki, Biznes-ombudsmanning asosiy vazifalari tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ushbu huquqlar va qonuniy manfaatlarga davlat organlari tomonidan rioya yetilishi uchun kafolatlar berishdan iborat.

Shunga ko‘ra, Jizzax viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “Entity” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) davlat idorasidan shartnomalar bo‘yicha to‘lovlarni undirishda amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.  

Ma’lum bo‘lishicha, jamiyat va Mirzacho‘l tuman xalq ta’limi bo‘limi o‘rtasida 740 million so‘mlik shartnomalar tuzilib, ularga ko‘ra oldindan 30 foiz to‘lovlar amalga oshirilishi belgilangan. Ammo ushbu shart xalq ta’lim bo‘limi tomonidan amalga oshirilmagan.

Biznes-ombudsmanning aralashuvi bilan Mirzacho‘l tuman xalq ta’limi bo‘limidan tadbirkorga shartnomalar bo‘yicha 165 million so‘m miqdorida oldindan to‘lovlar amalga oshirildi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA