Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorga 1,3 milliard so‘m jarima qo‘llanilmaydigan bo‘ldi
18:20 / 2024-09-05

Bugungi kunda Biznes ombudsman tomonidan tadbirkorlik sohasidagi noqonuniy tekshiruvlar, tadbirkorlar faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish maqsadida tizimli faoliyat yo‘lga qo‘yilgan.

Tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish va ularning ko‘rib chiqilishi jarayoni doimiy nazorat qilib boriladi.

Shunga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida ro‘yxatdan o‘tgan «Saodat» (nomi o‘zgartirilgan) MCHJ rahbari inspeksiya tomonidan jarima qo‘llash to‘g‘risida sudga murojaat qilinganidan norozi bo‘lib, yordam so‘radi. Aniqlanishicha, tadbirkor Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan tekshiruv natijasi bo‘yicha berilgan ko‘rsatma talablarini to‘liq bajarib, bu haqida nazorat qiluvchi organni xabardor qilgan.

Shunga qaramay, tegishli muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan davrda mahsulot realizatsiya qilingani sababli tadbirkorga umumiy summaning 50 foizi – 1,3 milliard so‘m miqdorda moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida sudga ariza kiritgan.

Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan tadbirkorning huquqlari sudda himoya qilinishi natijasida 2024 yil 20 avgustda sudning inspeksiyaning arizasini rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qildi va tadbirkorga 1,3 milliard so‘m jarima qo‘llanilmaydigan bo‘ldi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA