Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor xotin-qizlar safi kengaymoqda
14:37 / 2017-07-05

Andijon viloyati Shahrixon tumanida “Bank kreditlari – yoshlar va xotin-qizlar uchun” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyati Shahrixon tumanida “Bank kreditlari – yoshlar va xotin-qizlar uchun” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi hamda “Mikrokreditbank” viloyat filiali hamkorligida ta’lim muassasalarini bitirgan yoshlarni ish bilan ta’minlash, xotin-qizlar tadbirkorligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, chekka hududlarda bank xizmati va kreditlaridan yanada keng foydalanishni tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan seminarda xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari, partiya faollari, bank mutaxassislari, tadbirkorlar, hunarmand xotin-qizlar, bitiruvchilar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlar va yoshlarning tadbirkorlik borasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, intilish va tashabbuslarini rag‘batlantirish, ular uchun yanada qulay ishbilarmonlik muhiti yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

– Partiyamiz dasturida xotin-qizlar va kollej bitiruvchilarini tadbirkorlikka jalb etish, ularga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish asosiy vazifalardan biri etib belgilangan, – deydi O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi viloyat kengashi “Ayollar qanoti” rahbari Kamola Abduvaliyeva. – Bugungi tadbirda ham ishtirokchilarga tadbirkorlik yo‘nalishida qabul qilingan Prezident farmonlari va qarorlari, qonun hujjatlari mazmun-mohiyati haqida keng ma’lumotlar berildi, ularning bu boradagi bilimi yanada boyitildi.

Shahrixon tumanida 300 dan ziyod xotin-qiz tadbirkorlik sohasida samarali faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida banklar tomonidan xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 4 milliard 38 million so‘m kredit ajratilib, qator loyihalar amalga oshirildi, 159 yangi ish o‘rni yaratildi. Joriy yilda tumandagi kasb-hunar kollejlarini tamomlagan 3 ming 760 dan ortiq bitiruvchining 170 nafari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan.

– Xonadonimizda tikuvchilik sexi tashkil etib, 30 xotin-qizni ish bilan ta’minlaganmiz, – deydi Beshariq mahallasida yashovchi tadbirkor Nozimaxon Hojiakbarova. – Bugungi kunda mahsulotlarimizni buyurtma asosida qo‘shni viloyatlarga ham yetkazib beryapmiz.

Seminarda mutaxassislar tomonidan biznes-loyiha tuzish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kredit olish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan keng ma’lumot berildi.