Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor va tashabbuskorlarga imtiyozli kredit mablag‘lari ajratiladi
09:56 / 2024-06-27

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 dekabrdagi «Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlarni tadqiq qilish, strategik rejalashtirish hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Mazkur qarorga asosan Markaz tomonidan Jahon banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi hamda boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokida oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Xususan, hozirda mavjud xalqaro miqyosdagi 7 ta loyihaga jami 1382,6 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlari taqsimlangan boʻlib, shundan tijorat banklariga taqsimlangan mablagʻ 655,1 million AQSH dollarni tashkil etadi. Ushbu mablagʻlardan bugungi kunga qadar tijorat banklari tomonidan 463 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar oʻzlashtirilgan hamda 192,1 million AQSH dollari miqdorida tijorat banklarida qoldiq mablagʻlar mavjud.

Xususan, Markaz tomonidan mazkur mablagʻlar oʻzlashtirilishini taʼminlab, samaradorligini oshirish maqsadida fermer va dehqon xoʻjaliklari, tadbirkorlik subyektlariga kredit mablagʻlarining ajratilish tartibi, afzalliklari, borasida seminarlarda maʼlum qilinmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida «Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur loyiha qishloq xoʻjaligi sohasini moliyalashtirishda eng yirigi hisoblanadi.

Qarorga muvofiq, Jahon banki tomonidan 500 million AQSH dollari jalb qilingan, shundan 200 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilishi maʼqullangan boʻlib, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati sohasidagi barcha tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga tijorat banklari orqali yoʻnaltirilishi belgilab oʻtilgan.

Hozirgi kunga qadar loyiha doirasida 105 million AQSH dollari sarflanib, 550 ga yaqin tadbirkorlar faoliyati moliyalashtirildi. Natijada koʻplab issiqxonalar, laboratoriyalar, intensiv bogʻlar hamda qayta ishlab chiqarish korxonalari bunyod etilib, 1500 dan ortiq ishchi oʻrni yaratildi.

Shuningdek, intensiv bogʻ yaratish, energiya tejovchi sugʻorish tizimlari, quyoshdan suv isitish tizimlari va suv koʻtargichlar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash, qadoqlash, avtorefrijeratorlar sotib olish, energiya tejaydigan sugʻorish tizimlarini, zamonaviy issiqxonalar, bundan tashqari, ochiq maydonlarda yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish belgilangan.

Ipak hamda kanop iplaridan tekstil mahsulotlarini, agroturizm hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun milliy valyuta hamda AQSH dollarida kredit resurslari ajratilishi belgilab oʻtilgan.

Mazkur imtiyozli kredit mablagʻlari tadbirkor va tashabbuskorlarga 10-15-yil muddatga 3-5-yil imtiyozli davr bilan ajratiladi.

Hozirgi kunga qadar tashkil etilgan seminarlarda 4 mingdan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Seminar davomida nafaqat imtiyozlar borasida maʼlumot olindi, balki moliyalashtirilishi kechikayotgan loyihalarning muammolariga ham yechim izlandi.

Dilbar Siddiqova,

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini

jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha mutaxassisi