“Tadbirkorlar virtual ofisi” axborot portaliga ana shunday ta’rif berish mumkin. Ushbu platforma orqali tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, duch kelayotgan muammolari yuzasidan murojaat qilishi va eng muhimi, murojaatlari yechimi ustidan nazorat o‘rnatilishini ko‘rishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yil samarqandlik tadbirkorlardan mazkur portalga 776 ta murojaat kelib tushgan.
– Viloyatimiz tadbirkorlarining murojaatlarida 806 ta masala ko‘tarilgan bo‘lib, murojaatlarning asosiy qismi soliq, infratuzilma, bank-kredit, yer va kadastr sohalariga to‘g‘ri keladi, – deydi Prezident huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Samarqand viloyat shu’basi yetakchi inspektori Abrorjon Ibragimov. – Murojaatlar yechimi yuzasidan tadbirkorlarga 2,5 milliard so‘mdan ortiq kredit ajratilishiga ko‘maklashildi. Qarzdorlardan qariyb 2,9 milliard so‘m mablag‘ undirib berildi. 1,6 milliard so‘mdan ortiq soliq qarzlari hisobdan chiqarildi. Shuningdek, noqonuniy hisoblangan jarimalar bekor qilinib, tadbirkorlarning huquqlari tiklandi.
Portalga yo‘llangan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni biznes-ombudsman tomonidan doimiy nazorat qilinadi va qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri