English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor: muloqotlar, tashabbuslar va g‘oyalar uyg‘unligi
14:39 / 2025-09-15

Yurtimizda biznes yuritish sharoitlarini yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga oid islohotlarni izchil davom ettirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish, ularni zarur moliyaviy va infratuzilmaviy resurslar bilan ta’minlash dolzarb vazifa sifatida qaralmoqda.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga yechim topish, samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishda kamarbasta bo‘lishni o‘z oldidagi vazifalar sirasiga kiritgan. 

Xususan, partiyaning Toshkent viloyat Kengashi hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashidagi O‘zLiDep deputatlik guruhi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi qo‘shma yig‘ilish ham ayni maqsadda o‘tkazildi. Unda hududiy mas’ullar, tuman-shahar partiya tashkilotlari, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi deputatlik guruhlari a’zolari, “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan tadbirkorlar, fermerlar, partiya faollari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari va boshqa soha vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirda Prezidentimizning 2025 yil 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazgan muloqotida bildirilgan fikr va tashabbuslar mazmunidan kelib chiqib muhim vazifalar belgilab olindi. So‘zga chiqqan Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashidagi partiya deputatlik guruhi rahbari To‘lqinjon Fayziyev tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, amalga oshirilgan islohotlar va yangicha yondashuvlarga e’tibor qaratdi. 

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘tgan davrda erishilgan natijalar tahlil qilindi. Yangi tashabbuslar, soliq va moliya sohasidagi yengilliklar, yer resurslaridan foydalanish, ruxsatnomalar olish tartibini soddalashtirish kabi yo‘nalishlar muhokama qilindi. Yig‘ilishda alohida e’tibor qaratilgan masalalardan biri – “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” doirasida ilgari surilgan vazifa va tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalasi bo‘ldi. 

Bu bo‘yicha tashkil etilgan Targ‘ibot guruhlarining tarkibi shakllantirilib, ular oldiga joylarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar, fermerlar, kichik biznes vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, keng jamoatchilikka tushunarli, sodda va aniq axborot berish maqsadida targ‘ibot tadbirlarining reja-jadvali ham tasdiqlandi. 

A.Musayev, O‘zA.