Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor maktabni ta’mirlashga bel bog‘ladi (+video)
10:36 / 2025-06-23

Tashabbus

Mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yagona to‘g‘ri yo‘lidir. Shu ma’noda, yosh avlod uchun zamonaviy va munosib shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqdaki, bu jarayonda saxovatpesha insonlar ham faol ishtirok etmoqda. 

Namangan viloyati Davlatobod tumanida faoliyat yuritayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Aisha home textile” qo‘shma korxonasi rahbari, Savdo-sanoat palatasi tomonidan “chempion tadbirkor” sifatida e’tirof etilgan Jobir Kamoliddinov tashabbusi bilan Namangan shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabi to‘liq rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi.

Tadbirkor tahsil olgan mazkur bilimgoh bundan oltmish yil avval qurilgan bo‘lib, 2008 yilda qisman ta’mirlangan. 1500 o‘rinli bo‘lgan maktabni joriy o‘quv yilida 2015 nafar o‘quvchi ta’lim oldi. Bu esa muassasa sig‘imidan 35 foiz ko‘proq yuklama bilan ishlayotganini anglatadi.

Tadbirkor tomonidan ajratilgan 10 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga maktab binosini tubdan yangilash, sinf xonalarini to‘liq ta’mirlash, zamonaviy sport zali, oshxona, faollar zali, shuningdek, elektr ta’minotini mustahkamlovchi transformator o‘rnatish rejalashtirilgan.

Namangan shahri hokimi Anvar Otaxo‘jayev boshchiligidagi ishchi guruhi bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, mazkur xayrli tashabbus qo‘llab-quvvatlanishi hamda barcha tadbirkorlik sub’ektlari uchun namuna bo‘lishini ta’kidladi.

Darhaqiqat, tadbirkor Jobir Kamoliddinov tomonidan boshlangan xayrli ish bugungi O‘zbekiston ishbilarmonlarining yangi qiyofasi, ijtimoiy mas’uliyatni chuqur anglagan holdagi faol hayotiy pozitsiyasini ifodalaydi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/0bh874PvV28?si=ntDO70mQT6DZPTEA" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.