French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor huquqlari himoyasi ta’minlanmoqda
20:59 / 2014-07-25

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Toshkent shahar hududiy bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminar tadbirkorlar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga bag‘ishlandi.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Toshkent shahar hududiy bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminar tadbirkorlar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga bag‘ishlandi.

Seminar poytaxtimiz biznes sohasi vakillarini bozor islohotlarini chuqurlashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, so‘nggi yillarda tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirishga qaratildi.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Toshkent shahar hududiy bo‘limi rahbari D.Ayupov, Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i U.Abdullayev va boshqalar tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatiga davlat va nazorat organlari aralashuvini tubdan qisqartirish, ularni tekshirishni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning muhimligini alohida ta’kidladi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishini ta’minlash uchun zarur huquqiy asoslar yaratilib, soliq, bojxona va boshqa sohalarda qator imtiyoz va preferensiyalar joriy etilmoqda. Davlatimiz rahbarining shu yil 7-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni va joriy yil 15-aprelda imzolangan “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishda yangi bosqichni boshlab berdi. 

Bularning barchasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish, iqtisodiyotimizda ular ulushini yanada oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

– Vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorlikdagi ishlari samarasida tadbirkorlarning huquqiy madaniyati tobora yuksalmoqda, – deydi Toshkent shahar adliya boshqarmasining tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi S. Abdurahmonov. – Bugungi tadbirkor huquqi buzilganda qonunga tayangan holda o‘zini qanday himoya qilishni yaxshi biladi. Noqonuniy tekshiruvlar sonining keskin kamaygani ham bundan dalolat beradi. Ayrim shunga o‘xshash holatlar qonunchilik asosida qisqa fursatlarda bartaraf etilmoqda. 

Seminarda prokuratura, adliya, soliq va bojxona organlarining mas’ul xodimlari, advokatlar va “uchinchi sektor” vakillari ishtirokida tadbirkorlar faoliyati samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.