Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor huquqi – qonun himoyasida
11:53 / 2015-07-31

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha subyektlarining erkin faoliyat yuritishi uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yuksak samaralar bermoqda.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha subyektlarining erkin faoliyat yuritishi uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yuksak samaralar bermoqda.

Prezidentimizning shu yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Farg‘ona viloyatida xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli va o‘rnini tubdan oshirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish yo‘lidagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, xususiy mulkning yalpi ichki mahsulotda, jumladan, xorij sarmoyasi ishtirokidagi ulushini izchil oshirish uchun yanada qulay iqtisodiy, huquqiy sharoit yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Bugungi kunda viloyatda 18 mingdan ortiq kichik biznes subyekti faoliyat yuritmoqda. Sohani rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor samarasida kichik biznesning viloyat yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi ortib, joriy yilning birinchi yarmida 51,2, umumiy bandlikdagi ulushi 79,2 foizni tashkil etdi. Shu davrda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga qariyb 440 milliard so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari ajratildi. Bu ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmini ko‘paytirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Shu yilning dastlabki olti oyida ular tomonidan 93,2 million dollarlik eksport amalga oshirilgani ham so‘zimiz isbotidir. Albatta, bunday ijobiy ko‘rsatkichlar mamlakatimizda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhiti, soha vakillariga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar samarasidir.

Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida muayyan ishlar olib borilmoqda.

– Prokuratura organlari tomonidan viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning muammolarini amaliy hal etish hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi viloyat prokuraturasining bo‘lim boshlig‘i A.Yusupov. – Shahar va tumanlarda tadbirkorlar ishtirokida davra suhbatlari, ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida 279 uchrashuv o‘tkazilib, unda 12 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti ishtirok etdi. Shuningdek, sohaga oid qonunlar ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirishlar natijasiga ko‘ra, 33 noqonuniy hujjat bo‘yicha protest keltirildi.

Prokuratura organlari tashabbusi bilan joriy yilning o‘tgan davrida faoliyatini to‘xtatgan 168 xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati qaytadan tiklandi. Farg‘ona shahridagi “Farg‘ona Hanifa nur”, “Karkidon sadok balig‘i” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, Uchko‘prik tumanidagi “Muhammadziyoxon chashmasi”, “NTJ Nur ziyo” xususiy korxonalari shular jumlasidandir. Qishloq hududlarida 821 tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, 963 yangi ish o‘rni yaratildi.

Kommunal xizmat korxonalarining faoliyati doimiy nazoratga olinib, tadbirkorlik subyektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish borasidagi muammolari hal etilmoqda. Chunonchi, “Iron Plus Gold”, “Big Progk”, “Evro Print Kokand”, “Max Plus International”, “Gold Plast Industri”, “Kokand Magnat Savdo”, “Byabeautixuil Textil Plus” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari hamda “Shernazarova Sanobarxon” fermer xo‘jaligi ishlab chiqarayotgan quvur va profillar, beton buyumlar, poyafzal, qog‘oz va qadoqlash mahsulotlari, kabel, paxtani qayta ishlash sexlarining muhandislik kommunikatsiyalariga ulanishi uchun loyiha hujjatlarini tayyorlash va ularga texnik shartlar olib berilishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Nazorat tadbirlarida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bartaraf etilmoqda. Xususan, O‘zbekiston tumani elektr ta’minoti korxonasi muhandisi K.Ahmedov tadbirkor I.Haydarovning tikuv sexini elektrlashtirish to‘g‘risida texnik shart berilishini so‘rab yo‘llagan murojaatini qonunda belgilangan muddatda ko‘rib chiqmagan. Prokuratura aralashuvi bilan qonunbuzilishi bartaraf etilib, tadbirkorga texnik shart olib berildi. Bundan tashqari, yana uch nafar tadbirkorga texnik shart berilishi paysalga solingani aniqlanib, K.Ahmedov ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Bugun mamlakatimizda tadbirkorlik jadal rivojlanmoqda. Bu yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘rilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarning samarasidir.