Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar soha uchun yaratilgan qulaylik va imtiyozlar bilan tanishdi
16:42 / 2017-01-19

Tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish va to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘ymaslik, rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlarini bekor qilish bo‘yicha belgilangan talablar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Jizzaxda Prezidentimizning 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mazkur farmon xususiy mulkni huquqiy himoya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlarga keng erkinlik berish, ular faoliyatiga aralashuvni tubdan qisqartishga qaratilgani ta’kidlandi. Tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish va to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘ymaslik, rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlarini bekor qilish bo‘yicha belgilangan talablar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

– Farmonda belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilishini ta’minlash tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulkni muhofaza qilishni sifat jihatidan yaxshilashga xizmat qilmoqda, – deydi viloyat prokuraturasining qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i M.Xo‘jamqulov. – Xususan, prokuratura organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va to‘sqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz to‘xtatib qo‘yganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi ustidan nazorat kuchaytirildi. Tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararning bevosita aybdorlardan undirilishini ta’minlash, ularning qonuniy faoliyatiga har xil vajlar bilan ta’sir etish holatlarining oldini olish, tadbirkorga nisbatan jinoiy jazo qo‘llashni keskin cheklash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar farmonda belgilangan vazifalarni hayotga izchil tatbiq etishga xizmat qilmoqda.

Bank terminallari va plastik kartochkalar sonini ko‘paytirish orqali naqdsiz pul aylanmasini yaxshilash, naqd pulsiz hisob-kitoblar amalga oshirilishida aholiga yanada qulaylik yaratish, bu sohada mavjud muammolar yechimi yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ijrosini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha fikr almashildi.

Seminarda Jizzax viloyati hokimi U.Uzoqov so‘zga chiqdi.