Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor foydasiga to‘lov undirildi
17:12 / 2024-09-24

Bugungi kunda Biznes ombudsman tadbirkorlarning ishonchli vakiliga aylanib ulgurgan.

Tashkilot tomonidan 7 yillik faoliyati davomida tadbirkorlarning 39 mingdan ortiq murojaatlari ko‘rib chiqildi va bu davrda tadbirkorlar foydasiga 300 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarilishiga erishildi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yurituvchi «Uchqur tosh» (nomi o‘zgartirilgan) MCHJ rahbari qarzdorlikni undirib berishda amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, korxona qurilish materiali qazib olish va yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Shartnoma asosida "Mo‘ynoq tuman yo‘llardan foydalanish" korxonasiga maydalangan tosh yetkazib berilgan. Biroq, bir necha marotaba murojaat qilinsa-da, to‘lovlar amalga oshirilmagan. 

Qo‘ng‘irot tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yil 15 maydagi qaroriga ko‘ra, «Uchqur tosh» MCHJ foydasiga "Mo‘ynoq tuman yo‘llardan foydalanish" korxonasidan 185 million so‘m undirilishi belgilangan bo‘lsa-da, qaror qabul qilingandan keyin bir yil davomida ijro etilmadi. 

Biznes-ombudsmanning yordami bilan Majburiy ijro byurosining Mo‘ynoq tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atildi. Ijro harakatlari davomida qarzdorlik to‘liq undirilib, "Uchqur tosh" MCHJning hisob-raqamiga o‘tkazildi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA