Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor foydasiga 263 million so‘mdan ortiq qarzdorlik undirildi
14:02 / 2023-10-08

Angor tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi Termiz shahrida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkor bilan o‘zaro shartnoma asosida 260 million 647 ming so‘mlik mebel mahsulotlarini buyurtma qiladi. Tadbirkor o‘zining aylanma pul mablag‘idan buyurtma mahsulotlarini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlab bergan bo‘lsada, shartnomaga muvofiq to‘lovlar amalga oshirilmaydi.

Tadbirkor faoliyatida qiyin vaziyatga tushib qolgani bois ushbu masala Termiz tumanlararo iqtisodiy sudida ko‘rib chiqilib, qarzdor Angor tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi hisobidan 260 million 647 ming so‘m hamda davlat boji uchun oldindan to‘langan 2 million 606 ming so‘m qarz undirish belgilandi.

Sudning mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Angor tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishildi.

Qarzdor jamiyat tomonidan ixtiyoriy muddat ichida qarzdorlik to‘lab berilmagani sababli tuman maktabgacha ta’lim bo‘limining hisob raqamlariga band solinib, inkasso topshiriqnomalari yuborildi.

Majburiy ijro harakatlari natijasida belgilangan qarzdorlik to‘liq tadbirkor foydasiga undirib berildi.

Jamiyat rahbari ushbu undirilgan pul mablag‘lari xodimlarining to‘lab berilmagan ish haqlari va kelgusidagi ish faoliyatini yanada kengaytirishi uchun zamin yaratishini ta’kidlab, minnatdorlik bildirildi.

 

Sherali Otaboyev,

O‘zA