French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor foydasiga 179 million 187 ming so‘m undirildi
16:13 / 2022-04-27

Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi “Baxtiyor” xususiy korxonasi tumandagi obodonlashtirish bo‘limining taklifi bilan o‘zaro shartnoma asosida qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatda bajarib bergan.

Biroq, obodonlashtirish bo‘limi shartnomada ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z majburiyatini bajarmasdan qarzdor bo‘lib qolgan. Mazkur holat Sariosiyo tumanlararo iqtisodiy sudida ko‘rib chiqilgach, “Baxtiyor” xususiy korxonasi foydasiga 179 million 187 ming so‘m undiriladigan bo‘ldi.

Sudning ijro hujjati MIB Uzun tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, qarzdor ogohlantirilgach ham qarzdorlik bartaraf etilmadi. Shundan so‘ng davlat ijrochilari tuman obodonlashtirish bo‘limining barcha hisob raqamlariga band solib, inkassa topshiriqnomasi qo‘ydi. Majburiy ijro harakatlari chog‘ida, shuningdek, qarzdor korxonaga tegishli “TTZ-80.10” rusumli traktor “2-PTS-4-793” rusumli tirkamasi bilan birga xatlovga olindi. Qarzdorning texnika vositalari auksion savdosiga chiqarilgach, obodonlashtirish bo‘limi tadbirkorga sud qarorida ko‘rsatilgan mablag‘ni to‘liq to‘lab berdi. 

Ijro hujjati belgilangan tartibda tugatilib, tadbirkorning buzilgan huquqi qayta tiklandi. 

Ahror Abdurazzoqov, 
Majburiy ijro byurosi 
Uzun tumani bo‘limi davlat ijrochisi