Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor bankrotlikka uchrasa, korxona qarzlari rahbardan subsidiar tartibda undirilishi belgilanganmi?
12:06 / 2021-05-25

Tadbirkorlikka keng yo‘l ochilgan bo‘lib, ayniqsa, kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilashga yetaklashi shubhasiz. Biroq, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bir muncha tavakkalchilikka ham tayangani sababli ayrim tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy nochor ahvolga kelib qolishi ham sir emas, albatta.

O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasiga ko‘ra qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar yoki to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran 3 oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi.

Tadbirkorlik sub’ektining soliq va majburiy to‘lovlardan bo‘lgan qarzini mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi iqtisodiy sudning ijro varaqasi majburiy ijro byurosi tomonidan uning mol-mulki va daromad manbai mavjud emasligi sababli ijro etilmasdan qaytarilganidan keyin sud korxonani tugatish boshqaruvchisini tayinlaydi, tugatuvchi o‘z faoliyatini yakunlagandan keyin tugatishga doir ish yuritish tamomlanadi va DSI tomonidan korxona qarzini uning rahbaridan subsidiar tartibda undirish haqida fuqarolik sudlariga da’vo kiritiladi.

Mazkur holatlarga qonunda izoh berilib, amaldagi Fuqarolik kodeksining 48-moddasiga ko‘ra yuridik shaxs o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi.

Agar yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) shu yuridik shaxs uchun majburiy ko‘rsatmalarni berish huquqiga ega bo‘lgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsning yoki yuridik shaxs mol-mulki mulkdorining g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa, yuridik shaxsning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.

Muassis yoki yuridik shaxs mol-mulkining mulkdori shu yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan taqdirdagina majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega.

Yuridik shaxs uchun majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan muassis yoki mulkdor yuridik shaxsning muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida nochor (bankrot) bo‘lib qolishini oldindan bilib, o‘z huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini ko‘zlab foydalangan holdagina yuridik shaxsning bankrotligi ular tomonidan vujudga keltirilgan deb hisoblanadi.  

Agar yuridik shaxsning nochorligi shu yuridik shaxs uchun majburiy ko‘rsatmalarni berish huquqiga ega bo‘lgan muassis sifatidagi shaxsning yoki yuridik shaxs mol-mulki mulkdorining g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa, yuridik shaxsning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.

Muassis yoki yuridik shaxs mol-mulkining mulkdori shu yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan taqdirdagina majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega.

Yuridik shaxs uchun majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan muassis yoki mulkdor yuridik shaxsning muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida nochor bo‘lib qolishini oldindan bilib, o‘z huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini ko‘zlab foydalangan holdagina yuridik shaxsning bankrotligi ular tomonidan vujudga keltirilgan deb hisoblanadi.  

Korxonaning qarzlarini uning rahbaridan subsidiar tartibda undirish haqida fuqarolik sudlariga kiritilayotgan aksariyat da’vo arizalari qanoatlantirilayotgan bo‘lsa-da, ayrim hollarda ushbu da’vo arizalarning qanoatlantirilmasdan qolganini ham uchratish mumkin.

Chunki amaldagi Fuqarolik kodeksining 55-moddasi, 12-qismiga asosan, yuridik shaxsning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritib qo‘yilganidan so‘ng yuridik shaxsni tugatish tamomlangan, yuridik shaxsning faoliyati esa tugagan hisoblanadi.

Ushbu Kodeksning 53-moddasi 1-qismiga ko‘ra, yuridik shaxsni tugatish uning huquq va burchlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga o‘tmasdan bekor qilinishiga olib keladi.

Sudga da’vo arizalari kiritishda aynan shu holatlar e’tiborga olinmagani sababli turli xil qarashlar paydo bo‘lib, yuridik shaxsning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgan-kiritilmaganligiga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi, bu ayni bir paytda korxona rahbari bo‘lgan fuqaroning huquqlari himoyalanganday ko‘rinsa-da, mamlakat iqtisodiyotining asosi hisoblangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar undirilmasdan qolishiga ham olib keladi.

Shavkat Ziyadullayev,

Fuqarolik ishlari bo‘yicha  Kogon tumanlararo sudi raisi,

 

Nurbek Raximov,  

Buxoro viloyat sudining bosh konsultanti

 

(Z.Komilov)