English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor bank ko‘magidan minnatdor
19:51 / 2023-06-13

“O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan Buxoro viloyatida o‘tkazilgan press-turda jurnalistlar bank moliyaviy ko‘magida ishga tushirilgan loyihalar bilan tanishtirildi.

Parranda va parranda ozuqasini yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi “Golden food” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati jurnalistlarga katta qiziqish uyg‘otdi.  

– Hududdagi yetakchi tadbirkor sifatida “mahallabay” asosida kooperatsiya tizimida ishlashni yo‘lga qo‘ydik, – deydi “Golden food” MCHJ rahbari Bobur Jalolov. –Unga ko‘ra, xo‘jaligimizda inkubator yordamida bir yilda 350 ming bosh broyler jo‘ja olinmoqda. Ular 150 xonadonga tarqatilmoqda, yetilganda esa yana qaytarib sotib olinmoqda. Maqsadimiz aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish va bandligini ta’minlashdir.  

[gallery-12324]

2020 yildan buyon “Golden food” korxonasi tomonidan parranda yetishtirish majmuasini barpo etish, jihozlash va faoliyatini kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan har bir loyihaga “O‘zsanoatqurilishbank” moliyaviy ko‘maklashmoqda.  

Parranda ozuqasini ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan umumiy miqdori 750 ming dollarlik loyiha uchun bank tomonidan Turkiya texnologiyalarini o‘zlashtirish maqsadida kredit ajratildi. Bugungi kunda korxona tomonidan ushbu yo‘nalishda 20 ish o‘rni yaratildi, yiliga 24 ming tonna mahsulot ishlab chiqarilmoqda.  

Ma’lumot uchun, 2022 yilda 60 dan ziyod loyihalar amalga oshirildi. Ularga 200 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Natijada 1 ming 275 nafar aholi ish bilan ta’minlandi. Joriy yilning hozirgi kuniga qadar 62 loyiha amalga oshirilib, 180 milliard so‘m mablag‘ moliyalashtirildi. Natijada 850 ish o‘rni yaratildi.    

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA