Tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlovchi yangi Moliya kodeksi joriy etildi
Ayni damda Markaziy bank binosida Tadbirkor ayollarning moliya kodeksi taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur loyiha O‘zbekiston bo‘ylab ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga xizmat qiladi.
[gallery-18402]
Yig‘ilishda xalqaro ekspertlar tomonidan tadbirkor ayollar uchun Moliya kodeksiga oid ma’lumotlar taqdim etildi. Mazkur loyiha 2023 yil oktyabr oyida Jahon banki va XVJning Marokashda bo‘lib o‘tgan yillik yig‘ilishida rasman ishga tushirilgani va dunyoning 26 davlatida sinovdan o‘tkazilayotgani ta’kidlandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA