Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari N.Shotursunova, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Sultonova, Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Abdullayeva hamda “Ayol by CAU” mikromoliya tashkiloti rahbari Sh.Ibragimova ishtirokida mazkur tashkilotning rasmiy ochilishi hamda hamkorlik yuzasidan memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda boshlang‘ich biznes g‘oyalar uchun moliyaviy va maslahat ko‘magini ko‘rsatish, xotin-qizlar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish va motivatsion uchrashuvlar tashkil etish, davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar va nodavlat sektor bilan hamkorlikda ayollar uchun keng imkoniyatlar yaratish, hududlarda ayollar tarmoqlarini shakllantirish va ularni rivojlantirishga xizmat qilish kabi masalalarda fikr mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar natijadorligini monitoring qilish hamda ayollar rivojlanishini o‘lchovchi ko‘rsatkichlar asosida baholash masalalari muhokama qilindi.


Qayd etilganidek, mazkur tashabbus xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularni mustaqil biznes yuritishga tayyorlash, hududda barqaror tadbirkorlik muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA