French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor ayollar Zakovatda bellashdi
14:13 / 2025-11-27

26 noyabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va «Hamroh» kompaniyasi tashabbusi bilan 300 ga yaqin tadbirkor ayollar ishtirokida mamlakatimizda ilk bor «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi. Ushbu qizg‘in bilimlar bahsida respublikaning barcha hududlaridan eng faol, bilimdon va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bir joyga jamlandi.

Tadbir milliy biznesda faol ayollarni birlashtirish, o‘zaro tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etdi. Qatnashchilar uchun sog‘lom raqobat muhiti yaratilib, yangi tanishuvlar va kelgusi hamkorliklar uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Bellashuv g‘oliblari va faol ishtirokchilari uchun maxsus sovg‘alar ham taqdim etildi. Bu esa tadbir ishtirokchilari uchun qo‘shimcha rag‘bat va motivatsiya manbai bo‘ldi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/if_FEzEuDzs?si=JNV-aaxL9y6Ax0KG" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ziyovuddin NURIDDINOV

Nishonboy ABDUVOITOV

Ulug‘bek TO‘XTAEV

O‘zA