Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor ayollar safi ortmoqda
17:42 / 2024-09-11

Keyingi paytlarda mamlakatimizning har bir hududida jumladan, Toshkent viloyatida ham barcha sohalarda ayniqsa, xususiy sektorning ulushi ortib bormoqda. Misol tariqasida, hozir hududda 1 ming 736 ta xususiy bog‘cha, 30 ta xususiy maktab, 4 ta xususiy oliygoh, 815 ta tibbiyot muassasasi faoliyat yuritayotganini keltirish mumkin.

Ayniqsa, xotin-qizlarning tadbirkorlik yo‘nalishidagi orzu va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga, ularga ko‘makchi bo‘lishga alohida e’tibor qaratilayotgani quvonarli. Xususan, bu yil banklar tomonidan 7 ming 638 nafar xotin-qizga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 124 milliard so‘mdan ziyod kredit ajratildi. Yil davomida esa viloyatdagi 63 ming 133 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi. Ahamiyatlisi, mana shu yangi ish o‘rinlarining 80 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Bugungi kunda viloyatda 15 ming nafar tadbirkor xotin-qiz borligi katta ijobiy natija ekanini qayd etish lozim. Vaholanki, 3 yil avval bu raqam 5 ming nafarni tashkil qilgan edi. Shunday tadbirkor ayollar Bekobod tumanida ko‘plab topiladi. Ulardan biri Shohida Ermatova “Xon qizi” brendi bilan zamonaviy kiyim-kechaklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Dastlabki paytlarda korxonada 5 nafar ishchi ishlagan bo‘lsa, hozirgi kunda ular soni120 nafarga yetdi. Korxonada o‘rtacha ish haqi 2-4 million so‘mni tashkil etadi. Muhimi, bu yerda kasb-hunar kollejlarini tamomlayotgan qizlarga “ustoz-shogird” an’analari asosida tikuvchilik sirlari o‘rgatiladi. 

– Yoshligimdan tikuvchilikka qiziqardim, – deydi tadbirkor Sh.Ermatova. – Shu sohada tajribamni oshirganimdan keyin tadbirkorlik faoliyatimni boshladim. Asosan, mahalliy xomashyodan bozor talablariga mos andozadagi kiyimlar tikamiz. Bugungi kunda faoliyatimizni kengaytirib kelgusida yangi hamkorlarni topib ish faoliyatimizni yanada kengaytirish niyatidamiz. Buning uchun davlatimiz tomonidan bizga katta yordam berilmoqda. 

Mazkur tumanda yashovchi Sanobar Ro‘ziqulova esa “Lolazor ifori” dehqon xo‘jaligi boshlig‘i bo‘lib faoliyat yuritadi. Sanobar Ro‘ziqulova dastlab ish faoliyatini Bekobod tumanidagi korxonada tikuvchi sifatida ish boshlagan. Mehnatsevarligi va o‘ziga yuklatilgan ishlarni o‘z vaqtida sifatli bajarishi tufayli hamkasabalari orasida hurmat e’tibor topdi. 2013 yildan boshlab Bog‘ishamol mahallasidagi “Dalvarzin” fermerlar uyushmasida gulchilik bilan faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu xo‘jalikning gulchilikdan olingan yillik daromadi 48,0 million so‘mni tashkil etadi. Bu yerda 5 ta ish o‘rni yaratilgan. 

Umuman olganda, hududda o‘z biznesi bilan jamiyatga foydasi tegayotgan ayollar juda ko‘p. Ayniqsa, ishsiz xotin-qizlarni hunarmandchilikka jalb qilish orqali oilaviy tadbirkorlik rivojlanmoqda va o‘z navbatida ular uchun daromad manbaini yaratilishiga asos bo‘lmoqda. 

A.Musayev, O‘zA.