Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor ayollar safi kengaymoqda
10:56 / 2016-04-22

Qarshida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik, hunarmandlik, kasanachilik faoliyatiga keng jalb etish, oilaviy biznesni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Qarshida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik, hunarmandlik, kasanachilik faoliyatiga keng jalb etish, oilaviy biznesni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyati kengashining “Ayollar qanoti” tomonidan tashkil etilgan tadbirda partiyaning viloyat, shahar va tuman kengashlari raislari o‘rinbosarlari, deputatlar, tadbirkor va fermer xotin-qizlar, keng jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

– Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda xotin-qizlar faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi O‘zLiDeP siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Muxlisa Akromova. – Partiyamizning Qashqadaryo viloyati kengashi tomonidan ham xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik va fermerlik faoliyatiga jalb etishga doimiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu borada joylarda o‘tkazilayotgan davra suhbatlari, uchrashuv va o‘quv-seminarlari muhim ahamiyat kasb etayotir.

“Sog‘lom oila – mustahkam oila”, “Oilaviy tadbirkorlikdan – mustahkam oilaga”, “Fermer ayol” kabi loyihalar doirasida 2015-yili tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlar va kollej bitiruvchilariga 748 million so‘mdan ortiq kredit ajratilishiga ko‘maklashildi. Buning natijasida 212 yangi ish o‘rni yaratildi.

– “Oilaviy tadbirkorlikdan – mustahkam oilaga” loyihasining viloyat bosqichida baliqchilik yo‘nalishidagi biznes rejam bilan qatnashib, imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatga ega bo‘ldim, – deydi G‘uzor tumanidagi “Sherali ko‘li” baliqchilik xo‘jaligi rahbari Laylo Xolmatova. – Olingan kredit mablag‘ini baliqchilik sohasini rivojlantirish uchun sarfladik va oilaviy tadbirkorlikni boshladik.