Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi huzuridagi «Tadbirkor ayollar klubi» a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda «Tadbirkor ayollar klubi» a’zolari tomonidan hududlarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, biznes g‘oyalarini va loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z bordi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkor xotin-qizlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazilib, subsidiyalar, imtiyozli kreditlar ajratish va boshqa moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq masalalarda tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar to‘g‘risida batafsil tushuncha berildi.
Muloqot davomida Prezidentimizning 2024 yil 7 martdagi «Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosining bugungi kundagi holati ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida «Tadbirkor ayollar» klubi a’zolarining kelgusidagi rejalari va takliflari ham eshitildi.
N.Abduraimova, O‘zA