Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor ayollar ishtirokida «NavruzFest-2024» festivali bo‘lib o‘tdi
17:13 / 2024-04-15

Poytaxtimizda «Tadbirkor ayol» xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi, "Profit Woman Club" tadbirkor ayollar klubi hamda "Pika Media» reklama agentligi hamkorligida «NavruzFest-2024» festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda diplomatik korpus va davlat tashkilotlari, yetakchi kompaniyalar rahbarlari, ekspertlar, xalqaro va hamkor tashkilotlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

Festivalning maqsadi – ayollarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun turli sohadagi jamoalarning sa’y-harakatlarini birlashtirish, yangi aloqa nuqtalarini topish, o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. 

Festival doirasida yurtimiz hunarmand ayollarining qo‘l mehnati bilan yaratilgan mahsulotlar ko‘rgazma-yarmarkasi tashkil etilib, ular ishtirokida mahorat darslari o‘tkazildi. 

Turli soha vakillari o‘rtasida fikr almashish imkonini beruvchi uchrashuvlar bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. 

N.Rahmonova, O‘zA