Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor ayollar bojxona faoliyatiga oid bilimlarini oshirdi
18:59 / 2026-01-23

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi tomonidan joriy yilda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligiga ko‘maklashish maqsadida tadbirkor ayollarning moliyaviy savodxonligi, bojxona bilan bog‘liq faoliyatlarga oid bilimlarini boyitishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kursi dasturi ishlab chiqildi.

Dastur doirasidagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Savdo va sanoat palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan dastlabki onlayn o‘quv kursida Andijon viloyatida faoliyat olib borayotgan tadbirkor ayollar ishtirok etdi.  

Dastlab tinglovchilar darslari “Zoom” plarformasi orqali Bojxona instituti tomonidan “Bojxona ishi” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan taqdimot darslari bilan tanishdi.  

Shundan so‘ng mutaxassislar tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor ayollar duch kelayotgan muammolar, ularni hal etish yo‘llari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mahsulotni tashqi bozorga olib chiqish bo‘yicha amalga oshiriladigan jarayonlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.  

Ishtirokchilarning mavzu doirasidagi savollariga mutaxassislar batafsil javob qaytardi.  

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari