Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor Afrika bozoriga gugurt eksport qilmoqchi
10:42 / 2022-06-10

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati Furqat tumanida “Atlas invest Furqat” MCHJ tomonidan Markaziy Osiyoda yagona loyiha – xo‘jalik gugurti ishlab chiqarish va xorijga eksport qilish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ayni paytda korxonada 60 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, joriy yilning uchinchi choragida yangi loyihani ishga tushirish hisobiga yana qo‘shimcha 60 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlanadi.

– 2022 yilgi Investitsiya dasturi doirasida 1 million dollar hajmda sarmoya kiritib, yillik quvvati 15 ming metr kub yog‘ochni qayta ishlash va xo‘jalik gugurti ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilyapti, - deydi korxona rahbari Fayzullo Mirzaa’zamov. – Shu kunlarda xorijdan keltirilgan zamonaviy texnologiyalarni o‘rnatish ishlari jadal davom etmoqda. Yangi loyiha gugurtni korxonaning o‘zida qadoqlash hamda yiliga 1,5 million dollar hajmida eksport qilish imkonini beradi. Hozirning o‘zida MDH davlatlari, Afrika qit’asiga gugurt yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarimiz bor.

[gallery-7520]

Ta’kidlash o‘rinliki, korxonada bosqichma-bosqich asosiy xomashyo – yog‘ochni (yog‘och materiallari asosan Rossiyadan olib kelinadi) mahalliylashtirish bo‘yicha ham izchil sa’y-harakatlar olib borilyapti. Shu maqsadda sinov tariqasida terakdan gugurt donalari olish borasidagi ilmiy izlanishlar yaxshi samara berdi. Endilikda tadbirkor qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlarni o‘zlashtirish orqali terak plantatsiyalari barpo etishni rejalashtirmoqda.

Muqimjon QODIROV, O‘zA