Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor 7,6 milliard so‘m QQS to‘lovlarini tekshiruvlarsiz qaytarib oldi
12:25 / 2025-05-26

Bugungi kunda “korxonabay” ishlash tizimida Farg‘ona viloyatidagi 15 mingdan ortiq QQS to‘lovchi korxonaga 65 nafar soliq inspektori biriktirilgan. Ushbu xodimlar soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarilishida individual ravishda yaqindan ko‘maklashib kelmoqda.

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “Mollis” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga biriktirilgan soliq inspektori tomonidan soliq ma’murchiligiga doir masalalarni samarali hal etishda yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Soliq xizmati organlari xodimlari ushbu korxonada bo‘lib, tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ta’kidlash joizki, soliq hisobotlarini vaqtida topshirayotgan, belgilangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘layotgan ushbu namunali tadbirkor barqarorlik reytingida eng yuqori "AAA" toifaga chiqqan.

Eslatib o‘tish joiz, “AAA” toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash, ya’ni qaytarish bir kun muddatda tekshiruvlarsiz avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

Shu bois, “Mollis”mas’uliyati cheklangan jamiyati 2024 yilda 6,4 milliard so‘m, joriy yil aprel oyida esa 1,2  milliard so‘m miqdoridagi QQS to‘lovlarini qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Albatta, qaytarib olingan mablag‘lar korxona faoliyatini kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga sabab bo‘lmoqda.

M.Sulaymonov, O‘zA