Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor 569 million so‘mlik asossiz qarzdorlikdan qutqarildi
14:54 / 2025-07-08

Biznes-ombudsmanga Surxondaryo viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkor fermer xo‘jaligi asossiz tugatilib, davlat reyestridan chiqarilgani va faoliyatini tiklashda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Tekshiruvlarga ko‘ra, Termiz tuman hokimining 2016 yildagi qarori bilan ushbu baliqchilik xo‘jaligiga 30 yilga 3,5 gektar yer maydoni ijaraga ajratilgan va kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan. Biroq, 2023 yilda yer maydoni kadastr ma’lumotlar bazasi va 1C-dasturidan asossiz ravishda o‘chirib yuborilgan hamda UZKAD dasturiga kiritilmay qolgan. Natijada Termiz tuman soliq inspeksiyasi bu yer uchun 569 million so‘m soliq hisoblagan.

Biznes-ombudsman devonining o‘rganishlari natijasida fermer xo‘jaligiga ajratilgan 3,5 gektar yer maydoni joriy yilning 2 aprel kuni Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan UZKAD dasturi orqali qishloq xo‘jaligi yeri sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Buning natijasida fermer xo‘jaligi soliq hisobotini qayta topshirdi va 569 million so‘mlik asossiz qarzdorlik ma’lumotlar bazasidan o‘chirildi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA