Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkor 30 million soʻmdan ortiq soliq qarzdorligi uchun “Cobalt”idan ajralgisi kelmadi
20:04 / 2020-09-15

Shuningdek, qarzdor korxonaning mol-mulklari oʻrganilganda “Cobalt” rusumli yengil mashinasi borligi aniqlanib, u xatlovga olindi.


Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasining joriy yil 18-avgustdagi qaroriga asosan qarzdor “Jahongir” xususiy kichik korxonasi hisobidan davlat soliq idorasi foydasiga 30 million 438 ming soʻm soliq qarzini undirish belgilangan. Mazkur hujjat Majburiy ijro byurosi Bandixon tumani boʻlimi ish yurituviga kelib tushgach, ijro harakatlari boshlandi.

Davlat ijrochilarining rasmiy ogohlantirishlariga qaramay tadbirkor ijro hujjatining ijrosini taʼminlash, yaʼni soliq qarzdorligini toʻlashdan boʻyin tovlagan. Natijada unga nisbatan eng kam oylik ish haqining 10 barobari miqdorida maʼmuriy jarima chorasi ham qoʻllanildi. Shuningdek, qarzdor korxonaning mol-mulklari oʻrganilganda “Cobalt” rusumli yengil mashinasi borligi aniqlanib, u xatlovga olindi.

Soliq toʻlovlaridan boʻyin tovlab turgan tadbirkor qarasaki, uzogʻini yaqin qiladigan “toychogʻi” dan ajralib qolishi hech gap emas. Shundan soʻng u soliq qarzdorligi hamda qoʻllanilgan maʼmuriy jarimani toʻliq toʻlab, avtomashinasini qaytarib oldi.